O‘zbekiston musulmonlari idorasi saytida koinotga parvoz qilgan musulmon fazogirlar haqida ma’lumot e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, ularning jami soni o‘n kishidan iborat.
1.Saudiya shahzodasi Sulton ibn Salmon. U 1985-yilda “Diskaveri” kosmik kemasida koinotga parvoz qilgan.
2. 1987-yilning iyulida koinotga Foris Muhammad Ahmad parvoz qildi. U “Soyuz TM-3” kosmik kemasi va “Mir” orbital ilmiy-tadqiqot kompleksida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan. U suriyalik ilk kosmonavtdir.
3. Kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Muso Xiramanovich Manarov 1987-yilning 21-dekabridan 1988-yilning 21-dekabrigacha bort muhandisi sifatida fazoga parvozni amalga oshirdi. U “Soyuz TM-4” kosmik kemasida parvoz qilib, “Mir” orbital kompleksida bir yil faoliyat olib bordi.
4. 1988-yilda koinotga “Soyuz TM-6” kosmik kemasida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida Momand Abdul Ahad parvoz qildi. U Afg‘oniston Respublikasining birinchi kosmonavtidir.
5. 1991-yilda koinotga Abubakirov To‘xtar Ongarbayevich parvoz qildi. U qozoq millatiga mansub ilk kosmonavtdir.
6. 1994-yilda Musabayev Tal’at Omonkeldiyevich koinotga parvoz qildi.
7. Sharipov Solijon Shokirovich 1998-yilda koinotga parvozni amalga oshirdi. O‘zbek millatiga mansub ilk kosmonavt bo‘lib, O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida tug‘ilgan.
8. Ansari Anushe 2006-yilda koinotga parvoz qildi. Kelib chiqishi eronlik.
9. Shayx Muzaffar Shukor malayziyalik kosmonavt bo‘lib, 2007-yilning 10-oktabrida XKSda faoliyat olib borgan 13-ekspeditsiya a’zosi bo‘lgan. Uning parvozi muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri keldi.
10. Aydin Akanovich Aimbetov qozog‘istonlik kosmonavt bo‘lib, 2015-yilda “Soyuz TMA-18M” kosmik kemasida XKSga parvoz qilgan.
Izoh (0)