Bugun, 13-iyun Moskvada FIFAning kongressi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Sports.ru”.

Foto: FIFA

Unda 2026-yilgi Jahon Chempionati mezbonlari nomi e’lon qilindi. Tanlovga ko‘ra Shimoliy Amerika qit’asi vakillari AQSh, Kanada va Meksika 2026-yilda o‘tkaziladigan mundialga birgalikda mezbonlik qiladi. Ularga 199 mamlakat federatsiyasidan 134 tasi ovoz bergan.

Ma’lumot uchun JCh—2026 ga mezbonlik qilish uchun AQSh, Kanada va Meksikaning qo‘shma arizasidan tashqari Marokash ham ariza topshirgan edi. Va hatto marokashliklar FIFAga 5 milliard dollar foydani ham va’da qilishga ulgurgan edi.