Yigirma kunlik chaqaloqni sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan fuqarolarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi ayol 2 ta sherigi bilan til biriktirib o‘zining 2018-yil yanvarda tug‘ilgan qizini 10.000 AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan. 2018-yil fevral oyida ayol va uning sheriklari Ichki ishlar vazirligi va Toshkent viloyati IIB tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman sudida o‘tkazilgan ochiq majlisida Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan ayblangan shaxslarlarning ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchilardan biriga 9 yil, ikki nafariga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Izoh (0)