Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanida joylashgan Smart Kids nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri xabar berdi.
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan ushbu bolalar bog‘chasi 210 o‘ringa mo‘ljallangan. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun sport zali, musiqa xonasi, zamonaviy oshxona, o‘yin maydonchasi, kichik basseyn, kutubxona, yozgi ayvonchalar mavjud. Barcha xonalar zamonaviy yumshoq mebel hamda o‘yinchoqlar bilan to‘liq ta’minlandi.
Muassasada 3 milliard so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Barcha xonalar zamonaviy raqamli videokuzatuv hamda qayd etish kameralari bilan jihozlangan.
Bog‘cha o‘ziga xos “smart-sinf”ga ega. “Bilimdon” kompyuter dasturi o‘rnatilgan ko‘rgazmali vositalar tarbiyalanuvchilarning intellektual salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladi.