Samarqandda 2018—2019-o‘quv yilida “Ipak yo‘li” turizm universiteti ochiladi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlarning birgalikdagi harakatlari bilan oliy ta’lim muassasasini ochish tashabbusi 10-iyun kuni Sindaoda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
“Bu yerda turizm sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar dars berishi va barcha mamlakatlarimizdan talabalar ta’lim olishi mumkin bo‘lar edi”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Dastlab OTMda 100 kishi, asosan O‘zbekiston fuqarolari ta’lim oladi. Keyinchalik ShHT davlatlaridan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinadi.
Izoh (0)