AQSh ma’muriyati KXDRning Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishni amalga oshirish niyati samimiy-samimiy emasligini bilishni istaydi. Bu haqda 11-iyun, dushanba kuni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Singapurda jurnalistlar uchun brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Shimoliy Koreya Koreys yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishni amalga oshirish yo‘nalishini tasdiqladi. Bu rejalar samimiy yoki samimiy emasligini bilishni istaymiz”, — deya ta’kidladi u.
“Shimoliy Koreya bilan diplomatik muzokaralarda erishmoqchi bo‘lgan asosiy maqsadimiz o‘zgarmagan: Koreya yarimorolini to‘liq yadroviy qurolsizlantirish. Bu bizga maqbul yagona natija”, — deya ishontirdi Pompeo.
U KXDR yadro qurolidan voz kechsa, AQSh unga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyor ekanligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)