Buyuk Britaniyaning Bristol shahrida uch mingdan ortiq odam ishtirok etgan iftorlik tashkil etildi. Bu haqda “bristolpost.co.uk” xabar qildi, deb Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iftorlik shaharning markaziy ko‘chalaridan birida o‘tkazilgan. Iftorlikda musulmon va musulmon bo‘lmagan shahar aholisi ishtirok etgan. Shuningdek, Britaniya parlamenti a’zolari, shahar ma’muriyati vakillari ham qatnashgani xabar qilingan.
Izoh (0)