2018-yilning 4—8-iyun kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi (MKK) majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy va O‘zbekistonning vakolatli vakillari tomonidan ShHT Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan 18-majlisi kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yakuniy hujjatlar matnlari loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Sindao deklaratsiyasi ushbu hujjatlarning markaziysi hisoblanadi.
Izoh (0)