“Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada bir qator loyihalarni bajarishga kelishib olindi, deb yozadi O‘zA.
“Konferensiyada Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun 26 loyiha ma’qullandi, — deydi Ekoharakat Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari S. Sanginov. — Buning uchun 6 milliard so‘m, qariyb 13 million yevro va 1 milliard dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu loyihalarning asosiy qismini Orol muammolarining aholi hayotiga ta’sirini bartaraf etish, qo‘riqlash hududlarini kengaytirish, bioxilma-xillikni saqlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda bog‘dorchilikni rivojlantirishga qaratilgan”.
Xorijlik hamkorlarning ko‘plab loyihalari qatorida o‘zbekistonlik vakillarning ham bir qator takliflari bor.
“Orolbo‘yi iqtisodiy o‘sishining uchta nuqtasi aniqlandi, — deydi Davlat raqobat qo‘mitasi tadqiqotlar markazi direktor o‘rinbosari Ulug‘bek Kamolliddinov. — Birinchidan, sanoatga foydali resurslarni jalb etish, misol uchun, mineral xomashyolar, uglevodorodlardan foydalanish. Ikkinchisi, qishloq xo‘jaligiga intensiv texnologiyalarni joriy etish. Xususan, akvaponika, bunda guruchni ekib, u o‘sguncha orasida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. Keyingisi, qo‘shni mamlakatlar salohiyatidan foydalanib, hamkorlikda sayyohlikni rivojlantirish”.
Konferensiya yakunida ikkita memorandum imzolandi.
Izoh (0)