2018-yilning 7-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirlari vakillari siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anjey Papej boshchiligidagi delegatsiya bilan TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarnng hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari birgalikda tahlil qilindi.
Uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, parlamentlararo almashinuv, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini Varshava shahrida o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, shu kunga qadar O‘zbekiston—Polsha muhosabatlarida 41 hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratildi.
Muzokaralarda Polsha elchisi Pyotr Ivashkevish ishtirok etdi.
Izoh (0)