Bag‘dod shahri chekka qismidagi portlashlar oqibatida 20 kishi qurbon bo‘ldi, yuzlab kishilar jarohat oldi. Bu haqda 7-iyun kuni Ayn Al Iraq News xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Iroq poytaxti xavfsizlik kuchlari axborot markazining ma’lum qilishicha, asosan shialar yashovchi Madinat-Sadr shahridagi uylardan birida portlovchi qurilma va o‘q-dorilar bo‘lgan maxfiy joy portlab ketgan. Yuz bergan hodisa sabablari hozircha noma’lum, surishtiruv boshlangan.
Portlash to‘lqini 14 ta turar-joyni to‘liq vayron qilgan, vayronalar ostida hamon odamlar bo‘lishi mumkin. Yaqinda joylashgan maktabga ham zarar yetgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar va tez yordam jamoalari ishlashda davom etmoqda.
Izoh (0)