O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Biz baxtli bolalarmiz” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan tashkillashtirilgan bu yilgi ko‘rgazmada 100 dan ortiq ijodiy va 50 dan ortiq plastika ishlari namoyish etildi.
“Bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 30 ga yaqin to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, — deydi markaz rahbari Dildora Yahyoyeva. — Shulardan tasviriy san’at, to‘qish, munchoqli bezak, kulolchilik, milliy va zamonaviy raqs, vokal, pazandalik, ingliz tili kabi to‘garaklarda 600 dan ortiq o‘quvchi muntazam qatnashmoqda. Ularga o‘ttizga yaqin yosh, izlanuvchan va talabchan mutaxassislarimiz saboq berib kelmoqda”.
Ko‘rgazma joriy yilning 15-iyuniga qadar davom etadi.
Izoh (0)