Rejissor Muxlisa Azizovaning Scorpion filmini suratga olish ishlari yakunlandi, deb yozmoqda MyDay.
Tasvirga olish ishlari Toshkent shahri va Buxoro viloyati, shuningdek, Rossiya va Marokash davlatlarida olib borilgan. So‘nggi epizodlar Sankt-Peterburgda tasvirga olingan.
Filmda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim rol ijro etgani haqida ma’lumot bergan edik. Aktyor O‘zbekistonga 23-mart kuni kelgan va u bilan bog‘liq epizodlar Buxoroda suratga olingandi. 28-mart kuni Murat Yildirim bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan.