O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi “O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga, ularda tadbirkorlik, ilmiy-ijodiy va intellektual salohiyatni shakllantirishga ko‘maklashish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi.
Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- “Fundngo.uz” veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.
Hujjatlar 2018-yil 7-iyundan 13-iyulgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining “Fundngo.uz” rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Izoh (0)