“Taxtlar o‘yini” aktyori Nikolay Koster-Valdau serial yulduzlariga final mavsumida o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi ssenariylar tarqatilganligini ma’lum qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Koster-Valdau so‘zlariga qaraganda, matnlar faqat elektron shaklda tarqatilgan, har bir sahnani suratga olgandan so‘ng u haqdagi eslatma ssenariydan yo‘qoladi. Artistning aniqlik kiritishicha, teleshou yaratuvchilari shu yo‘l bilan syujet haqidagi ma’lumotlar tarqalib ketishi oldini olishga urinmoqda.
“Hammasi juda, juda jiddiy. Bu yil bu aqldan ozishning yangi darajasi”, — deya ta’kidlaydi u. Aktyor maxfiylik darajasini “Bajarib bo‘lmas topshiriq” franshizasiga o‘xshatdi.
Izoh (0)