4-iyun, dushanba kuniga o‘tar kechasi Nigeriyaning janubi-sharqidagi Benue shtatida 2 ta qurolli hujum oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va ko‘plab kishilar jarohat olgan. Bu haqda Punch’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Fulani (G‘arbiy Afrika, jumladan, Nigeriyada yashaydigan xalq) cho‘ponlari bugun tong otishiga yaqin, ko‘pchilik uxlab yotgan vaqtda qishlog‘imizga bostirib kirdi. Ular aholini o‘qqa tutdi, uylarga kirdi va odamlarga hujum qildi”, — dedi mahalliy ayollardan biri.
Shuningdek, cho‘ponlar qishloqdan bir ayolni asir olgan va bir nechta uylarni yoqib yuborgan.
Natijada cho‘ponlar hujum qilgan qishloqda 6-7 kishi halok bo‘lgan. Xuddi shuncha kishi mamlakatning boshqa hududida sektantlar hujumi oqibatida halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-aprel kuni Nigeriyada jangarilarning xristian cherkoviga uyushtirgan hujumi oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)