Otabek Panjiyevich Almardanov “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
O. Almardanov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat sanoat-qurilish banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)