Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy hukumatidan Pekinning Tyananmen maydonida 1989-yil 4-iyunda namoyishchilarning zo‘ravonlik bilan tarqatilishi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning sonini rasman e’lon qilishni talab etdi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: “Interfaks”

Foto: “Interfaks”

“Biz Xitoy hukumatidan o‘ldirilganlar, qo‘lga olinganlar va bedarak yo‘qolganlar soni haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishni talab qilayotgan dunyo hamjamiyatiga qo‘shilamiz”, — deyiladi davlat kotibi bayonotida. U maydondagi voqealarni “begunoh odamlarni hayotdan olib ketgan fojia” deb atadi.

1989-yilda Xitoy poytaxti va boshqa bir nechta shaharlarda talabalar va aholining bir qismi hukumatga qarshi namoyishlar tashkil qilgan. 4-iyun kuni hukumat Tyananmen maydonida namoyishchilarning ommaviy aksiyalariga barham berish uchun armiyani ishga solgan.

Avvalroq e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisalar oqibatida 200 ga yaqin kishi, shu jumladan, namoyishchilar, askarlar, huquq-tartibot organlari xodimlari halok bo‘lgan. Qariyb 7 ming kishi yaralangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi