Istanbulda o‘tkinchi ko‘chada xotinini urayotgan erkakni kalla qo‘yib yiqitdi. Voqea tashqi kuzatuv kameralariga tushib qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, ajrashish bo‘yicha sud qaroridan so‘ng erkak xotinini ko‘chada qog‘oz o‘rami bilan ura boshlagan va trotuarga yiqitgan. Bir necha sekunddan so‘ng o‘tib ketayotgan bir odam ayolni himoya qilish maqsadida yugurib kelib, zo‘ravonga kalla qo‘ygan va uni oyoqdan yiqitgan.
Ayolni himoya qilgan erkak — Emre Derebashi ismli 29 yoshli farrosh. U zo‘ravonni zararsizlantirganidan so‘ng odamlar politsiyani chaqirgan.
Izoh (0)