Eng uzun aviareys 2018-yil 11-oktyabr kuni qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Airlines Ratings xabar qildi.
Singapurdan Nyu-Yorkning Newark Liberty xalqaro aeroportiga Singapore Airlines kompaniyasining yangi Airbus A350-900ULR layneri parvozni amalga oshiradi. Layner to‘xtovsiz tarzda 16,7 ming kilometr masofani uchib o‘tadi. Natijada Airbus’ning parvozi 18 soat 45 daqiqa davom etadi.
Dastlab parvozlar haftada uch marta, ya’ni dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Keyinchalik aviakompaniya yana bitta samolyotni reysga qo‘yadi. Natijada sayohatchilar eng uzun aviareys bo‘ylab har kuni uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Airbus A350-900ULR laynerining biznes-klassida 67 ta, ekonom klassida 94 ta joy bor. Reysga chiptalar 31-maydan boshlab sotiladi.
Izoh (0)