Fotogalereya: Kam mehnat talab qiladigan va ko‘p foyda keltiradigan xona o‘simliklari
Zamonaviy hayot tarzi odamlarga xona o‘simliklariga yetarlicha vaqt ajratishga imkon bermaydi. AdMe ana shunday holatlarga mos tushuvchi va kam mehnat talab qiluvchi xona o‘simliklari haqida hikoya qildi.
Exeveriya
O‘simlik o‘ziga suv zaxirasini jamlab oladi. Yozda bir haftada, qishda esa bir oyda bir marta sug‘orish yetarli.
Xoveya Forstera
Gul soya, issiq, qurg‘oqchilik va biroz sovuqqa ham chidamli, xonada qancha namlik yuqori bo‘lsa, suvni shuncha kam talab qiladi. U havoni tozalash qobiliyatiga ega.
Singonium
Soyada o‘sa olgani uchun ham gul qorong‘u kvartiralarda yaxshi rivojlanadi. Gulning normal o‘sishi va o‘zini yaxshi his qilishi uchun havodagi va tuproqdagi bilinar-bilinmas namlik yetarli.
Kauchukli fikus
Qishda 2—3 haftada bir marta suv ichadigan gulning barglari xalq tabobatida foydali hisoblanadi.
Pepromiya
Arzimas mehnat evaziga gul xona havosini kislorod bilan boyitadi va uni toksinlardan himoya qiladi
Oltinrang epipremnum
Uy hayvonlari uchun zaharli bo‘lgan mazkur gulni ular yeta olmaydigan joyga qo‘yish kerak. Gul havoning tabiiy namlantiruvchisi hisoblanadi.
Yo‘l-yo‘l xavortiya
Soyani va ozgina suvni talab qiluvchi gulni oshxona yoki ish stoli ustiga qo‘yish kerak. Uning bargidan chiqadigan sharbat bakteriyalarni o‘ldiradi va antiseptik xusuiyatga ega.
Xilma-xil bargli araukariya
Parvarishi uchun bir yarim metr balandlik kifoya qiladi. U havoni tozalaydi va xushbo‘y ifor taratadi. Katta bo‘lgan guldan Yangi yil archasi sifatida foydalanish mumkin.
Izoh (0)