Xavfsizlik sohasidagi amerikalik ekspertlar “navbatdagi 11-sentabr” o‘ta vayronkor ko‘lamdagi kiberhujum bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda CNBC xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Tahlilchilar fikricha, bu shakldagi hodisa ertami-kechmi aniq yuz beradi va u 11-sentabr yoki Pirl-Xarbor kabi o‘z nomiga ega bo‘ladi.
“Odamlar bilan qanchalik ko‘p suhbatlashsam, navbatdagi Pirl-Xarbor kiberhujum bo‘lishiga shunchalik ko‘p ishonch hosil qilayapman”, — deydi professional xaker, kiber xavfsizlik bo‘yicha ekspert Tara Uiller.
U sog‘liqni saqlash sohasidagi Amerika infratuzilmasining katta qismi juda yomon himoyalanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Aksariyat texnologik kompaniyalar va tadqiqotchilar Uillerning fikriga qo‘shiladi. 2018-yilgi Jahon iqtisodiy forumi hisobotida kiberhujumlar global tahdidlar ro‘yxatida ob-havo hodisalari bilan bog‘liq muammolardan so‘ng uchinchi o‘rindan joy olgan. Unda elektr tarmoqlari va suvni tozalash tizimi kabi infratuzilmaning muhim elementlari xakerlarning nishoniga aylanishi mumkinligi ma’lum qilinadi.
Izoh (0)