30-may kuni AQSh davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uells bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan radiomuloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Amerikalik yuqori lavozimli diplomat O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga amalga oshirgan tashrifiga yuqori baho berar ekan, “bu tashrif bizning fikrimizcha, yangi imkoniyatlarni ochuvchi tarixiy” bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
“Bizning fikrimizcha, mazkur tashrif Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davri boshlanganidan, Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekistonning jahon sahnasiga qaytishidan dalolat beradi”, — deya ta’kidladi Elis Uells. Uning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi nafaqat ikki tomonlama aloqalarning rivojida, balki Markaziy Osiyodagi aloqalarning, shuningdek, Afg‘oniston va butun dunyo bilan aloqalarning mustahkamlanishida O‘zbekistonning beqiyos salohiyatini namoyon etdi.
Amerika kompaniyalari bilan 4,8 milliard dollarlik bitimlarning imzolanishini o‘ziyoq O‘zbekiston bozoriga va ishbilarmonlar imkoniyatlari kengayotgan joy sifatida qiziqish kuchayotganidan dalolatdir.
“Toshkent konferensiyasi ishtirokchisi sifatida ayta olamanki, O‘zbekiston bu mamlakatda tinchlik o‘rnatish va tinchlik muzokoralarini o‘tkazishda juda ham katta rolni bajardi”, — dedi Elis Uelss.
U so‘nggi uch yil mobaynida bu masala bo‘yicha ikki tomonmala va S5 platformasi doirasida ishlar olib borilayotganini qayd qildi. U O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha sa’y-harakatlariga yuqori baho berib, bu intellektual mulk huquqini kengaytirishiga xizmat qilishi, bundan mazkur mamlakatga investitsiya kiritishni istayotgan amerikalik ishbilarmonlar ham manfaatdor ekanligini qayd etdi.
Shundan so‘ng Elis Uells o‘zbekistonlik jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Jumladan, mintaqadagi mavjud masalalarni muhokama qilish maqsadida Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining o‘zaro muloqoti yo‘lga qo‘yilganiga yuqori baho berdi.
Izoh (0)