Arabiston yarimorolida kuzatilayotgan “Mekunu” sikloni tufayli Rub-al-Xali qumli cho‘lida ko‘llar vujudga kelgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Rub-al-Xali — yarimoroldagi eng yirik qumli cho‘l. Sayyorada ham Rub-al-Xali eng yirik qumli cho‘llardan biri hisoblanadi.
Arab tilidan tarjima qilganda Rub-al-Xali “bo‘sh to‘rtlik” degan ma’noni bildiradi. Cho‘l 4 ta mamlakat — Saudiya Arabistoni, Yaman, Ummon va BAA hududida joylashgan. Rub-al-Xali dunyodagi eng quruq va eng issiq cho‘llardan biri sanaladi.
Rub-al-Xali cho‘lida ko‘llarning vujudga kelishi — so‘nggi 20 yil ichida kuzatilmagan kamyob holat.
Eng ko‘p yog‘ingarchilik uch hududga to‘g‘ri kelgan — Al-Xarxir, Tabloten va Umm al-Melx. Bu yerga kelgan ekstremal turizmga qiziquvchilar yomg‘irlar tufayli vujudga kelgan ko‘llarning rasmlarini internetga joylagan.
Avvalroq, “Mekunu” sikloni tufayli Ummon va Yamanda eng kamida 13 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
الربع الخالي بعد إعصار ماكونو..
— Matar مطر الأحمدي (@Matar_Alahmadi) May 28, 2018
الربع المليان! pic.twitter.com/IQZoeUCwx0
Izoh (0)