O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma shaklini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Hujjat “O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan, shuningdek, inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan himoya izlayotgan shaxslar va ularning oila a’zolariga beriladi.
Izoh (0)