O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Robokids robototexnika maktabi hamkorligida o‘tkazilgan Robo Challenge – 2018 tanlovida poytaxtdagi umumta’lim maktablari va Robokids Education, Wunderkind, Intellect, “Sehriyo”, “Erudit” kabi xususiy ta’lim markazlari o‘quvchilari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ilk bor tashkil etilgan tanlovdan ko‘zlangan maqsad bolalarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar, sport va ta’lim robototexnikasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, texnik ijodkorligini rag‘batlantirishdan iboratdir.
Ushbu bosqichda maktablarning o‘zida saralangan va yakuniy bosqichga tavsiya etilgan 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan ikki kishidan iborat 25 jamoa ishtirok etdi.
Unda o‘g‘il-qizlarning robotlarni to‘g‘ri yig‘ishi, uni rang, masofa va marrani to‘g‘ri belgilay oladigan qilib sozlay olishi, kompyuter orqali boshqarishi va robotlar bahsida ishtiroki kabi yo‘nalishlarda baholab borildi.
Baholash natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari berildi.
Izoh (0)