O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari T. Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferensiyasi ishida ishtirok etmoqda, deb yozadi O‘zA.
Konferensiyada ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi kabi mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
O‘zbekistonda aholi uchun loyiq mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha keskin choralar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida ijobiy ish tajribasi to‘planganligi to‘g‘risida o‘zbek delegatsiyasi a’zolari ma’lum qiladi.
Izoh (0)