Kolumbiyada 27-may, yakshanba kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ular mamlakatning Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (FARC) guruhi bilan tinchlik bitimining bundan keyingi taqdirini hal qilishi mumkin, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Saylovda ovoz beruvchilar prezident Xuan Manuel Santosning vorisini saylashi lozim.
Prezidentlik lavozimiga yetakchi nomzod Demokratik markaz o‘ng partiyasidan Ivan Duke FARC bilan tinchlik bitimi shartlarini o‘zgartirish va sobiq isyonchilarni harbiy jinoyatlari uchun qamoqxonaga yuborishga so‘z bermoqda. U, shuningdek, biznes uchun soliqlarni kamaytirib, iqtisodiyot rivojlanishini rag‘batlantirishni va’da qilmoqda.
So‘rovnomalarga ko‘ra, mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni mamlakat poytaxtining sobiq meri Gustav Petro egallamoqda. Petro boyliklarni boylardan kambag‘allarga qayta taqsimlash maqsadida Kolumbiya iqtisodiy siyosatini qayta ko‘rib chiqishga so‘z bermoqda.