Joriy yilning 24-may kuni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani IIBga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yil iyul oyida Yunusobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan U.M. shu tumanda yashovchi M.M.ga tegishli M.Ulug‘bek tumanidagi uyni 30 ming AQSh dollariga sotib olishini va pulni 35 kun ichida berishini aytib, uning ishonchiga kiradi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
U.M. uyni oldindan o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan va A.Q. ismli ayolga 23 ming AQSh dollariga sotib, undan olgan pulni M.M.ga bermasdan pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida U.M. ushlangan.
Izoh (0)