AQSh hukumati keyingi haftada Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘nlab yangi sanksiyalar joriy qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh hukumatidagi manbaga tayanib, The Wall Street Journal ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, KXDRga qarshi yangi sanksiyalar AQSh milliy xavfsizlik kengashining 24-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida muhokama qilingan. Manbaning xabar qilishicha, AQSh hukumati o‘nlab yangi sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, yig‘ilishda AQShning harbiy aralashuvi ehtimoli ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvni bekor qilgan. Shimoliy Koreya hukumati AQSh bilan munosabatlarni tiklash umidida ekanini ma’lum qilgan.
Izoh (0)