Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15—17 daraja iliq, kunduzi 32—34 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo kechasi 13—18 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 13—18 daraja iliq, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida kechasi 12—17, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)