Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) 21-may, dushanba kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 400 nafar yetim bolaga iftorlik dasturxonini yozdi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “Azon.uz” xabar berdi.
Iftor dasturxonida agentlikdagi strategik rivojlanish yo‘nalishi boshlig‘i Tolga Kaskin va vazirliklar xodimlari ishtirok etdi.
Iftordan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tolga Kaskin agentlik ramazon oyi mobaynida Afg‘onistonda 2 ming 500 nafar kishiga iftorlik qilib berishini ma’lum qildi.
TIKA ramazon oyi davomida 50 ta davlatdagi 150 ta shaharda iftorlik dasturxoni yozadi.
Agentlikning 58 davlatda 60 ta idorasi bor.
Izoh (0)