AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasida 2016-yili saylovoldi shtabida ishlagan FQB (Federal qidiruv byurosi) xabarchisi Rossiya bilan til biriktirish bo‘yicha hech qanday dalil topa olmagani haqida yozdi.
“Hattoki shtabimdagi josus ham Rossiya bilan til biriktirganligiga isbot topa olmagan. Aslida ham hech qanday til biriktirish bo‘lmagan. FQB xabarchisi faqat siyosiy maqsadlarda josuslik qilish va Hillari Klinton g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun ishlagan”, — deb yozgan Tramp.
Avvalroq, Tramp FQB uning saylovoldi shtabini 2016-yili kuzatgani isbotlansa, bu holat mamlakat uchun sharmandalik bo‘lishi haqida ma’lum qilgan.
22-may kuni Oq uyning rasmiy vakili Sara Sanders AQSh Adliya vazirligi inspektori FQBning Tramp saylovoldi shtabiga nisbatan amalga oshirgan harakatlarini o‘rganib chiqishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)