22–23-may kunlari Boku shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston – Ozarbayjon maslahatlashuvlarida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maslahatlashuvlarda Ozarbayjon tomonidan Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro huquq va shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rizvan Nabiyev rahbarligidagi delegatsiyasi qatnashdi.
Muzokaralar davomida ko‘rib chiqilayotgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mavjud salohiyatdan kengroq foydalanish va transport hamda tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki davlat avtotashuvchilari uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligini inobatga olgan holda tomonlar avtomobilda tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim tuzishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi va uni imzolash masalasini bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar doirasida amalga oshirishga kelishdi.
Izoh (0)