Tumanlarda urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent davlat agrar universitetida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari qo‘mitasi hamkorlikda o‘tkazgan “Urug‘chilik — qishloq xo‘jaligi tarakqiyotining muhim omili” mavzusidagi seminarda alohida qayd etildi, deb yozadi O‘zA.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari urug‘chiligini tashkil etib, rivojlantirish, urug‘larni tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish kabilar mazkur markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Seminarda qayd etilganidek, hozirgi kunda davlat-xususiy sheriklik asosida urug‘chilik tizimini yanada takomillashtirish hamda sohani xalqaro talablar darajasiga olib chiqish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, ular ijrosi izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, ko‘chatxonalar va issiqxonalarda urug‘ yetishtiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq imtiyozlari berilgan. Masalan, ular 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod qilingani bu boradagi ishlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Izoh (0)