Qozog‘istonning Olmaota shahridan oqib o‘tuvchi Ulkan Olmaota daryosining suvi qizil tusga kirdi, deb yozadi Tengrinews ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga tayanib.
Foydalanuvchilar o‘zlari guvoh bo‘lgan holatni — daryodan qizil suv oqayotganini videoga muhrlab, internetga joylamoqda.
Ba’zi guvohlar video olish chog‘ida mazut (neft qoldig‘i) hidini sezganini ma’lum qilgan.
Ayni paytda Qozog‘istonning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi hodisa sabablarini o‘rganmoqda.