Xitoy xalq diplomatiyasi strategiyasini o‘rganish markazi direktori Li Sinyuy xonim o‘z delegatsiya a’zolari bilan Toshkent shahar hokimligi qabulida bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mehmonlar 2018-yil avgust-sentabr oylarida Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida O‘zbekiston – Xitoy yoshlari o‘rtasida “Bir yo‘l, bir poyezd” loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan yoshlar festivaliga tayyorgarlik darajasi qanday ketayotganlik xaqida kelishib oldi. Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashining bir guruh a’zolari Xitoy Respublikasiga taklif qilindi.
Madaniyat va san’at sohasida ham ko‘p takliflar muhokama qilindi.
“Farzand tarbiyasi hammamiz uchun muhim, ularni bog‘cha yoshidan hayotga tayyorlab borishimiz kerak”, — deb ta’kidladi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Boqiyevich.
Sport sohasida ham hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya vakillari mamlakatda yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar yukori darajada ekanligini, hamma imkoniyatlar borligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib tanishib chiqqanliklarini gapirib berdi.
Muloqot so‘ngida Xitoy va Toshkent shahri o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqish va kelgusidagi rejalar haqida ham so‘z yuritildi. Tomonlar bir-biriga esdalik sovg‘alari topshirdi.
Izoh (0)