Amir Temur xiyoboni atrofidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati qayta tiklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIB ma’lum qildi.
Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida Amir Temur xiyoboni (“Ugolok” kafesi) aylanma yoʻli va Zarafshon koʻchasi oraligʻida hamda Sh. Rashidov shoxkoʻchasidan Matbuotchilar koʻchasi boʻylab (“Poytaxt” savdo markazi) Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻligacha boʻlgan oraliqda transport harakati qayta tiklanishini maʼlum qilamiz.
Izoh (0)