Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio rejissor Stiven Spilbergning yangi filmida AQSh prezidenti Ullis Grant rolida suratga tushadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ullis Grant AQShning 18-prezidenti bo‘lgan. Di Kaprio aktyorlik roli bilan birga, film prodyuseri ham hisoblanadi. Filmning suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Stiven Spilberg Indiana Jons haqidagi yangi film bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda.