“Ug‘om-Chotqol davlat biosfera razervatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq:
- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarida umumiy maydoni 42952,81 gektar bo‘lgan Ug‘om-Chotqol davlat biosfera rezervati tashkil etildi;
- biosfera rezervati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yurituvida bo‘lishi hamda uning qo‘riqlash xodimlari tegishli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlariga tenglashtirilishi belgilandi.
Izoh (0)