Beruniydan Toshkentga piyoda kelgan marafonchi Ravshan Yaxshimuradov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Birinchi Prezident sharafiga piyoda marafon tashkillashtirib, u haqda kitob yozishni maqsad qilgan Ravshan yo‘l-yo‘lakay Samarqand shahrida bo‘lgan. Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, ta’lim olgan maktabini, uyini ko‘rib, Samarqand shahri aholisi bilan suhbatlashgan, to‘ylarda ishtirok etgan.
“Deyarli o‘n to‘rt kunlik yo‘l bosib, yo‘lda ko‘p narsalarni ko‘rdim, o‘zim kutgandan ham ko‘proq ma’lumot, eng muhimi, Birinchi Prezidentimiz to‘g‘risida kitob bo‘ladigan ma’lumotlar to‘pladim, odamlarning yashash sharoitlari bilan tanishdim. Toshkent shahrida Tatyana Karimova bilan uchrashdim”, — deydi R. Yaxshimuradov.
Marafonchi ajoyib taassurotlar bilan Beruniyga qaytib keldi. Endi u taassurotlarini kitob qilib yozishni niyat qilmoqda.
Izoh (0)