Abror Shuhratovich Muhamedxanov Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1991-yil 7-sentabrdagi Prezident farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, u yagona ta’sischisi Vazirlar Mahkamasi bo‘lgan, o‘z faoliyatini xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona sifatida amalga oshiruvchi davlat banki hisoblanadi.
Izoh (0)