O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik muhitini yaratishga qaratilgan davlat dasturi tayyorlanmoqda. Bu haqda Yoshlar Ittifoqi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar Ittifoqi axborot xizmati

Dasturda yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorligini rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, boshlang‘ich biznesda amaliy ko‘mak berish, imtiyozli kreditlar, xorij tajribasi, yosh tadbirkorlarga texnika va texnologiyalar olishda ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari o‘z aksini topishi rejalashtirilgan.

Yoshlar bandligi va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida qabul qilinadigan yangi davlat dasturida kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarni yoshtadbirkor@yi.uz va yoshlar@devon.uz elektron manzillariga yuborish mumkin.