Andijon viloyatida tug‘ilgan A. Mamadaliyev O‘zbekistonda taqiqlangan diniy ekstremistik tashkilot yetakchisi Muhammad Tohir Foruqning aqidaparastlik g‘oyalari aks etgan materiallarini ijtimoiy tarmoqdagi profiliga ko‘chirib, tarqatish bilan shug‘ullangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Mamadaliyevning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida, keyinroq viloyat sudida kassatsiya shikoyati asosida ko‘rib chiqildi. Mamadaliyevning oilaviy sharoiti, sudlanmagani, yoshi, akasining 2-guruh nogironi ekani va boshqa holatlar inobatga olinib sud uni qamoqdan ozod qilib, axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.