O‘zbekiston va Janubiy Koreya yengil sanoat texnoparkining qurilishini tezlashtiradi. Bu haqda, “O‘zyengilsanoat” Assotsiatsiyasiga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Spot

May oyining boshida Toshkentda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Delegatsiya tarkibiga Koreya sanoat texnologiyalari instituti, shuningdek, Ilkwang Construction va Urban Architechture kompaniyalari vakillari kirgan.

Uchrashuvda tomonlar o‘quv-tadqiqot yengil sanoat texnoparkining qurilishini tezlashtirish va optimizatsiya qilish masalasini muhokama qilgan. Texnopark Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashadi. Texnopark binosining qurilishida energiya tejovchi texnologiyalarning qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar obyektlarni belgilangan muddatda ishga tushirish uchun ishlarning tezlashtirilgan grafikini ishlab chiqishga kelishib olgan.