AQSh Prezidenti Donald Tramp bugun, 16-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oq Uyda qabul qiladi. Bu haqda Oq Uyning Twitter’dagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilindi.

Skrin: “Daryo”

“Bugun Prezident Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyevni Oq Uyda kutib oladi”, — deyiladi tvitda.

Oldinroq Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga yetib kelgani xabar qilingan edi.