16-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga keldi. Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekcha kalom bilan kutib oldi.

2. Kim Chen In Donald Tramp bilan uchrashuvini bekor qilishi mumkin. AQSh Davlat departamenti KXDRdan Kim Chen In va Trampning uchrashuvi bekor qilinishi haqida bildirishnoma olmagan.

3. Birjada dollar kursi 8000 so‘mdan pastladi. 2017-yil 5-sentabr kuni valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidan buyon dollar kursi birjada birinchi marta 7996 so‘mni tashkil etdi.

4. Bosh prokuratura tuman prokurori yordamchisining 700 ming dollar pora olgani haqidagi xabarni izohladi. Prokuratura avval tarqalgan xabarlarning faqat 300 ming dollarlik qismini qisman tasdiqladi, qolgan 400 ming haqida hozircha gap-so‘z yo‘q.

5. Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 50 yoshli Oripov salkam 10 yil “Asakabank”ni boshqargani bilan tanilgan.

6. O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqda ekstremistik g‘oyalarni tarqatish bilan shug‘ullangan fuqaro jazoga tortildi. U dastlab qamalgan edi, biroq keyinroq jazo axloq tuzatish ishlariga almashtirildi.

7. Toshkentda barcha avtobuslarga bosqichma-bosqich videoregistrator o‘rnatiladi. 12-may kuni “Toshshahartransxizmat”ning avtobusi uning oldida kutilmaganda paydo bo‘lgan Nexia sabab ariqqa ag‘darilgan edi.

8. O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘olib chiqdi. O‘zbekistonliklar chorak finalda Nepalni 2:1, yarim finalda Burundi 1:0 hisobida mag‘lub etgandi, finalda esa Pokiston penaltilar seriyasida mag‘lub etildi.