Toshkentdagi uylarning birining yaqinida hosil bo‘lgan ko‘lmakda qarovsiz qolgan 4 yoshli bola cho‘kib ketdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa 12-may kechki soatlarida Shayxontohur tumanida ro‘y berdi.
Aytilishicha, o‘sha kuni soat taxminan 19:30 da 2014-yili tug‘ilgan bola uyi yaqinidagi ko‘lmakka yiqilgan. Yaqin atrofda kattalardan hech kim bo‘lmagani bois bola mustaqil ravishda ko‘lmakdan chiqa olmagan va halok bo‘lgan.
Bola 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib kelinganidan so‘ng uning o‘limi qayd etildi.
Izoh (0)