15-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: UZ24

1. O‘zbekiston Prezidenti AQShga jo‘nab ketdi. Xabar berishlaricha, Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida 8,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

2. O‘zbekistonda abonent mobil aloqa operatorini o‘zgartirganda telefon raqamini saqlab qolishi tartibi joriy etiladi. UMS’dan olingan raqam bilan endi bemalol “Bilayn” abonenti bo‘la olasiz. Shunaqa va’da berishyapti, har holda.

3. Toshkentda belgilanmagan joyda avtomobilni qoldirish qoidabuzarligi foto tasvirlar orqali rasmiylashtirila boshlandi. Tan berish kerak — shahar avvaliga ortiqcha “To‘xtash taqiqlangan” belgilaridan tozalandi.

4. Metro qurilishi sababli Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv bo‘lmaydi. Bu e’lon asosan Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlariga taalluqli.

5. Bugun 2019-yil uchun “Grin kard” lotereyasi natijalari e’lon qilinadi. Toshkent vaqti bilan 21:00 dan boshlab AQSh yashil kartasini qo‘lga kiritganmisiz-yo‘q, tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Agar lotereyada qatnashgan bo‘lsangiz, albatta.

6. Yaponiyalik temiryo‘lchilar poyezd 25 soniya erta jo‘nab ketganligi uchun kechirim so‘radi. 25 soniya — bu hatto yarim minut ham emas! Dunyoda qanday g‘alati mamlakatlar, qanday qiziq odamlar bor-a!