Toshkent shahrining Mirobod tumanida firibgarlik jinoyati sodir etildi, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.M. uyi oldida F.K.ga arzon narxda mineral o‘g‘it yetkazib berishni va’da qilgan.
Gumonlanuvchi aldash yo‘li bilan jabrlanuvchining ishonchiga kirib, undan 23.800 AQSh dollarini olgan va bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
A.M. qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)